"Barselona" yarim himoyachisi jarohat tufayli 15-20 kun maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2018, 21:16
"Barselona" yarim himoyachisi Denis Suares "Espanol"ga qarshi Kataloniya Superkubogi uchun bahsda jarohat oldi va kamida 2 haftaga safdan chiqdi.

Suares chap oyog'i mushaklarini tortib oldi va uchrashuvning 43-daqiqasida almashtirildi. Futbolchi 15-20 kun maydonga tusha olmaydi. Shunday qilib, xavbek "Malaga", "Atletik"ga qarshi LaLiga hamda "Chelsi" bilan bo'ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final bahsini o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsum 24 yoshli yarim himoyachi LaLiganing 11ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com