"Barselona" tarkibida Linekyerdan keyin ikkinchi ingliz futbolchisi o'ynadi

Mirjalol Normatov
8 mar 2018, 20:50
"Barselona" Kataloniya superkubogi doirasidagi uchrashuv penaltilar seriyasida "Espanol"ni mag'lub etdi, 4:2.

Yarim himoyachi Markus Makgueyn mazkur bahsda "Barselona" tarkibida maydonga tushdi. U jamoa tarkibida harakat qilgan Gari Linekyerdan keyingi ikkinchi ingliz futbolchisi bo'ldi.

Futbolchi uchrashuvning 77-daqiqasida Aleysh Vidalning o'rniga tushirildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca