Rasman: "Barselona" ishtirokidagi Superkubok o'yini bekor qilindi

Mirjalol Normatov
29 apr 2020, 22:15
Kataloniya Superkubogi-2020 o'tkazilmaydi.

"Barselona" va "Espanol" jamoalari ishtirokidagi uchrashuv bahor oyida o'tkazilishi kerak edi. Biroq Kataloniya Futbol Federatsiyasi uchrashuv bo'lmasligini rasman ma'lum qildi.

Kataloniya Superkubogi 2014 yildan buyon 4 marta o'tkazildi (o'yinlar juft yillarda o'tishi rejalashtirilgandi). Turnirning so'nggi g'olibi "Jirona" bo'lib turibdi. "Barselona" ikki marta ushbu sovringa ega chiqqan bo'lsa, bir sovrinni "Espanol" qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal