"Barselona" Semeduni 45 million evro evaziga sotmoqchi

Alisher
25 apr 2020, 18:23
"Barselona" o'ng qanot himoyachi Nelson Semeduga 45 million evro miqdorida narx qo'ydi.

Kataloniyaliklar oldinroq Nelson bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotgan edi, ammo muhokama koronavirus tufayli to'xtab qoldi.

Semeduning "ko'k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'tgan yozda futbolchiga "Atletiko", "Yuventus" va "Manchster Siti" klublari qiziqish bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es