"Barselona" himoyachisi "Vulverxempton"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020
"Barsa" futbolchisi Nelson Semedu jamoadan kyetishga yaqin.

26 yoshli portugaliyalik "Vulverxempton" bilan shartnoma imzolashiga bir qadam qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabricio Romano. 

"Bo'rilar" kecha taklif bilan chiqishgan va bu taklifga "Barselona" rozilik bildirgan. Hozir o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olinmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Semeduning agenti Jorje Mendesh hisoblanadi. Ayni damda "Vulverxempton"da murabbiy bilan qo'shib hisoblaganda 10 nafar portugaliyalik bor.  

Semedu La Liganing o'tgan mavsumida 32 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano