"Barselona" safida eng ko'p o'ynagan futbolchilar (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
11 apr 2014, 09:45
"Barselona" safida maydonga tushish bo'yicha rekordchilar bilan tanishtirib o'tamiz.

Xavi716 ta o'yin. Xali beri ketmasligiga qaraganda minglik dovonni zabt etmoqchi shekilli


Karles Puyol593 ta o'yin. Yaqinda jamoani tark etadi


Migeli – 1973-89 yillar oralig'ida o'ynagan. Himoyachi  549 marotaba "Barsa" safida maydonga tushgan


Viktor Valdes535 ta o'yin. Ko'p extimolki, bu raqam endi o'zgarmaydi


Andres Inesta500 ta o'yin. Kuni kecha yubiley o'yinida jamoasi "Atletiko"ga imkoniyatni boy berdi


Karles Reshak449 ta o'yinini 1965-81 yillar oralig'ida o'tqazgan


Gilermo Amor421 ta o'yin.


Lionel Messi418 ta o'yin. Ushbu ro'yxatda ispaniyalik bo'lmagan yagona futbolchi.


Andoni Subisarreta410 ta o'yin. 1986-yildan 1994-yilgacha "Barsa" darvozasini qo'riqlagan.


Joan Segarra402 ta o'yin. O'z davrining mashhur himoyachisi. 1949-1964-yillar oralig'ida to'p surgan.


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia