"Barselona" prezidenti "Napoli" futbolchisiga qiziqish borligini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024, 13:47
Futbolchi klubini o'zgartirishi mumkin.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Napoli"ning slovakiyalik yarim himoyachisi Stanislav Lobotka bilan shartnoma imzolash istagini bildirdi.

"Biz Stanislav Lobotka bilan shartnoma imzolamoqchimiz. Men allaqachon Deku bilan u haqida gaplashganman", – dedi Laporta.



Manbaga ko'ra, "Napoli" o'z futbolchisi uchun 40 million evro so'raydi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Lobotka joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira