"Barselona" o'z futbolchisini ijaradan qaytarib oldi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2018, 12:47
"Barselona" klubi "Las-Palmas"da ijara asosida o'ynayotgan yarim himoyachi Serxi Samperni qaytardi.

Bu haqda "Las-Palmas" rasmiy sayti e'lon qildi. Ijara shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetishi kerak edi.

23 yoshli ispaniyalik chap oyog'ini shikastlab olgan edi va endi yozgacha maydonga tusha olmaydi. Ma'lumotlarga ko'ra, u davolanish uchun Kataloniya klubiga qaytgan.

Joriy mavsum Samper "Las-Palmas" safida 5ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia