Samper "Barselona" bilan shartnomasini 4 yilga uzaytiradi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2016, 12:43
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Samper klub rahbariyati bilan shartnoma uzaytirishga kelishib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Kataloniya klubi bilan bitimni 4 yilga uzaytiradi. Tomonlar shartnomaning bazi detallarini kelishib olishi kerak. Bu haqda kelasi haftada e'lon qilinadi.

Oldinroq "Barselona" Samper bilan kelishuvni uzaytirib, uni ijaraga bermoqchi edi. Ammo jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchini olib qolishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es