Mavsumning o'rtasida "Barselona" o'z futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqda

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 17:12
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Samper mavsum o'rtasida klubni tark etadi.

Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va ko'k-anorranglilar bitimni bekor qilish haqida kelishib olishdi. 5 mart, seshanba kuni Samper ishtirokida rasmiy matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Football Espana nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Samper Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Ayni damda "Vissel Kobe"da Andres Inesta, David Vilya va Lukas Podolski kabi jahon futboli yulduzlari to'p tepmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com