"Barselona" yarim himoyachisi Malkom sentyabr oyi boshida olgan jarohatidan qutildi.
So'nggi tibbiy tekshiruvlar futbolchida muammo yo'qligini aniqladi. Shifokorlar braziliyalikka mashg'ulotga qaytishga ruxsat berdi va u tez orada jamoadoshlari bilan shug'ullana boshlaydi.
Malkom 3 sentyabr kuni mashg'ulot paytida jarohat olgan edi.