Barselona klubi Bavariyaga gol urgan futbolchiga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2016, 11:12
Atletiko yarim himoyachisi Yannik Karrasko Barselona qiziqishiga sabab bo'ldi.

Sport.es nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 23 yoshli Belgiya terma jamoasi a'zosiga yozdayoq qiziqqandi, endi jamoa uni keyingi yozda sotib olmoqchi.

Chorshanba kuni Barselona sport direktori Robert Fernandes Karraskoni Bavariya bilan o'yinda (1:0) kuzadi. Futbolchi bu bahsda gol urdi.

Karraskoning Atletiko bilan shartnomasi 2020 yilga qadar amal qiladi, uning tovon puli 40 million evroga teng.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sport.es