"Atletiko" va "Al Shabab" Karrasko borasida kelishib oldi

Aziz Tukhtamuradov
1 sen 2023, 09:12
Yannik Fyerreyra Karrasko ham Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l oladi.

"Al Shabab" belgiyalik yarim himoyachining transfyeri borasida "Atletiko" bilan kelishuvga erishdi. Transfyer summasi 15 million evroni tashkil etmoqda. 

Futbolchining o'zi ham avvalroq Ar Riyod klubi bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgandi. U tez orada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Saudiya Arabistoniga yo'l oladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano