"Barselona" JCHda Braziliyaning qaysi futbolchisini kuzatayotgani ma'lum

Mirjalol Normatov
6 dek 2022, 20:31
"Barselona" klubi o'z skautlarini Qatarga jo'natdi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, Kataloniya klubidagilar Braziliya termasi futbolchisi Gabriel Martinellini kuzatadi.

 Ayni damda u "Arsenal" futbolchisi. Martinellining klubi bilan shartnomasi yana bir mavsum amal qiladi.

O'z navbatida London klubi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish ishlarini boshlab yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es