"Barselona" ikki futbolchini sotib olishga harakat qiladi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2024, 21:28
Deku bu boradagi ishlar haqida fikr bildirdi.

"Barselona" direktori Deku Kataloniya klubining hujumchi Joau Feliks va himoyachi Joau Kanseluni sotib olish borasidagi ishlari haqida gapirdi.

"Kanselu yaxshi harakat qilmoqda, Feliks ham juda yaxshi boshladi va bizga juda muhim ochkolarni keltirdi. Bu ko'plab omillarga bog'liq bo'ladi. Biz ikki futbolchi bilan ham shartnoma imzolashga harakat qilamiz", – dedi Deku.



Eslatib o'tamiz, Joau Feliks Ispaniyaning "Atletiko", Joau Kanselu esa Angliyaning "Manchester Siti" jamoasidan ijaraga olingan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano