"Barselona" hujumchisi muvaffaqiyatli operaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2017, 17:59
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele muvaffaqiyatli operaciya qilindi.

Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi. Fransiyalikning operaciyasi Finlyandiyada bo'lib o'tdi.

Dembele "Xetafe"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida jarohat olib, 29-daqiqada maydonni tark etgan edi. 20 yoshli fransiyalik 3,5-4 oy maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" joriy mavsum oldidan Dembeleni Dortmundning "Borussiya" klubidan 105 mln. evroga sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com