"Barselona" himoyachisi: "Valverde bilan munosabatlarim juda yaxshi"

Tolibjon Qosimov
9 mar 2018, 20:21
"Barselona" himoyachisi Yerri Mina jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan kelishmovchilik borligi haqidagi mish-mishlarga izoh berib o'tdi.

Qishda "Barselona"ga o'tganidan keyin Mina "Barselona"da faqatgina bitta rasmiy o'yinda ishtirok etdi.

"Men hotirjamman, qattiq ishlayapman va sheriklarimdan o'rganayapman. Buyuk jamoaga kelganimni bilaman. Qachon talab qilinganida tayyor bo'lishim kerak.

Murabbiy bilan munosabatlarim juda yaxshi. U men bilan gaplashadigan birinchi inson. U menga hotirjam va tayyor bo'lishim kerakligini aytdi", - dedi Mina.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es