"Barselona" futbolchisi klub bazasidan hamma narsasini olib ketdi

Aslanov Jasurbek
22 may 2018, 19:02
"Barselona" yarim himoyachisi Andre Gomesh yozgi transfer oynasida klubni tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 19 may kuni portugaliyalik futbolchi klub bazasidagi shkafchasidan barcha buyumlarini olib ketdi. Gomesh nega bunday qilganini jamoadoshlariga aytmadi. Yarim himoyachi Ispaniyada qolmoqchi va "Barselona" ham uning istaglarini eshitishga tayyor.

Oldinroq, Gomeshga "Yuventus" da'vogarlik qilayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo