"Everton" Andre Gomeshning jarohati borasida rasmiy bayonot berdi

Alisher
4 noya 2019
"Everton" jamoaning portugaliyalik yarim himoyachisi Andre Gomesh borasida rasmiy bayonot berdi.

Eslatib o'tamiz, "Everton"ning "Tottenxem" (1:1)ga qarshi o'yinida Andre Gomesh Son Xyon Min va Serj Orelar bilan bo'lgan vaziyatda oyog'ini sindirib olgan edi.

"Everton" bugun futbolchining to'pig'inida jarrohlik amaliyoti bo'lib o'tishini tasdiqladi. 

"Shifoxonada o'tkazilgan dastlabki tekshiruv natijalari Andre Gomeshning o'ng oyog'idagi to'pig'i joyidan chiqib ketganligini tasdiqladi", - deyiladi rasmiy xabarda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Everton