Anchelotti Andre Gomeshning qachon safga qaytishini ma'lum qildi

11 yanv 2020, 09:29
“Everton” ustozi ikki oy oldin og'ir jarohat olgan Andre Gomesh haqida ma'lumot berdi.

“Gomeshning tiklanishi kutilganidan tezroq davom etmoqda. U kelasi haftadan individual tarzda mashg'ulotlarga kirishadi”, - deydi Anchelotti.

“Tottenxem” bilan bahsda Son Xyon Min va Serj Ore bilan to'qnashuvda jarohat olgan Gomesh joriy mavsum APL doirasida 8 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola