"Barselona" futbolchisi 6-8 oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
25 noya 2018, 19:55
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara Primeroning 13-turi doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchining chap tizzasi jarohatlangan. Uning safga qaytishi uchun 6-8 oy kerak bo'ladi. Demak, Rafinya bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.

Futbolchi ushbu mavsumda "Barselona" tarkibida 5 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona