“Barselona” forvardi “Marsel”ga o'tishga yaqin

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2021
Kataloniyaliklar hujumchisi Konrad de la Fuente tez orada “Marsel” a'zosiga aylanadi.

Marca manbasiga ko'ra, 19 yoshli futbolchi 5 mln evro evaziga transfer qilinadi. Shuningdek, “Barselona” amerikalik futbolchining keyingi sotuvidan 50 foiz qo'shimcha mablag'ga ham ega bo'ladi.

De la Fuente o'tgan mavsum “Barsa”ning asosiy jamoasida 3 o'yinda qatnashib, umumiy 36 daqiqani maydonda o'tkazdi. O'rinbosarlar tarkibida esa u 22 bahsda 6+4 natijaga erishgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca