"Barselona" Depayga imkoniyat bermoqchi

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2022, 23:26
So'nggi paytlarda hujumchi Memfis Depayning "Barselona"ni tark etishi mumkinligi qizg'in muhokama qilinmoqda.

Turli mish-mishlarga ko'ra, niderlandiyalik futbolchining sotilishi orqali klub rahbariyati moliyaviy tarafdan yaxshilanishni maqsad qilgan.

Biroq endilikda kataloniyaliklar ushbu fikrdan voz kechishdi. Ma'lum bo'lishicha, "Barselona" klubga yangi hujumchi taklif qilish borasidagi muvaffaqiyatsiz urinishlar natijasida Depayga imkoniyat berishga qaror qilgan.

Shu tariqa murabbiylar shtabi futbolchiga umid qilishda davom etadi. Kataloniyaliklar Depayning yana optimal formasiga qaytishiga va jamoaga foydasi tegishiga ishonishadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport