Memfis Depay Niderlandiya terma jamoasi tarixida eng yaxshi to'purarga aylandi

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025, 23:40
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay yangi rekord o'rnatdi va milliy jamoa tarixida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi.

Tarixiy voqea 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bahsidan o'rin olgan Niderlandiya – Litva uchrashuvida ro'y berdi. Hozirda Braziliyaning “Korintians” klubi sharafini himoya qilayotgan Depay, o'yinning 11-daqiqasida Kodi Gakpo bergan aniq uzatmadan so'ng hisobni ochdi.

Bu gol Depay uchun terma jamoa safidagi 104-o'yinda urilgan 51-goli bo'ldi. Ushbu natija unga 102 ta o'yinda 50 ta gol urgan Robin van Persining yutug'ini ortda qoldirish imkonini berdi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia