"Barselona" 30 yoshdan katta futbolchi bilan shartnoma imzolamaydi

Mirjalol Normatov
3 okt 2023, 21:12
"Barselona" endi yoshi katta futbolchilar bilan shartnoma imzolamaydi.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, klubning yangi sport direktori Deku jaamoaga 30 yoshdan yuqori bo'lgan futbolchilarni ijaraga olish mumkinligi imkoniyati bilan sotib olishni taqiqlamoqchi. Chunki yoshi katta futbolchilarni keyinchalik katta summaga sotib bo'lmaydi.

Qayd etilishicha, "Barselona" erkin agentga aylangan futbolchilarni shartnoma imzolashni rad qilmaydi, biroq o'yinlarda baribir yosh futbolchilarga umid bog'lanadi. Dekuning ushbu loyihasi noyabr oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport