"Barselona" 2014 yil avvalida Messi bilan yangi shartnoma tuzadi

24 dek 2013, 20:29
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi moliyaviy masalalari yaxshilangan yangi shartnomaga imzo chekadi.
Shartnoma Messi jarohatini davolab, Argentinadan qaytib kelgach imzolanishi ma'lum qilinmoqda.

Bu borada tomonlar og'zaki kelishuvga erishib bo'lishgan. Faqatgina yakuniy uchrashuv va muzokaralar qolgan xolos, deb yozmoqda AS nashri.

Shartnoma shartlari bo'yicha batafsil hozircha ma'lumotlar berilmayapti. Biroq Argentinalik futbolchi yangi shartnomaga ko'ra jahonning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.

Manba: sports.ru