

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, kelishuv 2026 yilning iyunigacha hisoblab chiqiladi.
15 yoshli hujumchi 29 aprel kuni La Liganing 32-turidan o'rin olgan "Betis" bilan o'yinda kattalar jamoasi safida debyut qildi. Futbolchi 83-daqiqada Gavi o'rniga maydonga tushdi. O'smir Kataloniya akademiyasi – "La Masiya"ning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaladi.



