

"Ko'k-anorranglilar" ispaniyalik futbolchi o'rniga "Vulverxempton" yarim himoya chizig'i vakili Ruben Neveshni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Xavi Ernandes boshchiligidagi jamoa avvaliga "Real Sosedad" a'zosi Martin Subimendi bilan shartnoma tuzmoqchi bo'ldi, biroq u joriy jamoasi bilan bitimini uzaytirishi ma'lum bo'ldi. Shundan so'ng 25 yoshli Angliya Premer-ligasida to'p tepuvchi o'yinchi short-listdagi asosiy nishonlardan biriga aylandi.

Portugaliyalik yarim himoyachi ushbu mavsum "bo'rilar" tarkibida 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golni o'z nomiga rasmiylashtirdi.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Neveshning narxi 40 mln evroni tashkil etadi. U klub bilan 2024 yilning yoziga qadar kuchda bo'ladigan shartnomaga ega.



