Balotelli A Seriyaga qaytish uchun yirik klublar taklifini rad etmoqchi

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 21:35
"Nicca" bilan shartnomasi tugagan hujumchi Mario Balotelli A Seriyaga qaytmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga "Roma", "Jenoa" va "Parma" qiziqish bildirmoqda. Balotelli Italiyaga qaytish uchun "Marsel", "Borussiya" (Dortmund) va "Arsenal" klublarining taklifini rad etmoqchi. Forvardning agenti Mino Rayola yaqin vaqt ichida Italiya klublari bilan muzokara o'tkazadi. Agent Balotellining transferi borasida "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bilan ham bog'lanib turibdi.

So'nggi mavsum 27 yoshli hujumchi Fransiya chempionatining 28ta uchrashuvida 18ta gol urdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport