Ballak: "MYU "Bavariya" bilan bir xil darajada emasdi"

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023, 15:26
Germaniyalikning fikricha, myunxenliklar yirikroq hisobda g'alaba qozonishi mumkin edi.

Myunxenliklar sobiq futbolchisi Mixael Ballak Chempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan "Bavariya" – "Manchester Yunayted" (4:3) uchrashuvi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bavariya" boshqacha taassurot qoldirdi. Bazan ulardan nimani kutishni bilmay qolasiz. "Manchester Yunayted" o'yinni yaxshi boshlagan bo'lsa-da, "Bavariya" bilan bir saviyada emasdi.

"Bavariya" yirikroq hisobda g'alaba qozonishi kerak edi, ammo ijobiy tomoni shundaki, ular o'tkazib yuborilgan har bir golga yaxshi munosabatda bo'lishdi", – dedi Ballak.

"Bavariya" Chempionlar Ligasi doirasidagi navbatdagi o'yinini 3 oktyabr kuni mehmonda "Kopengagen"ga qarshi o'tkazadi. "Manchester Yunayted" esa o'z maydonida "Galatasaroy"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com