
"Sevilya" kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynaydigan yaxshi jamoa. Shu sababli, bu klubda qolish fojea bo'lmaydi. Karlos Xitoy yoki BAAda ko'p pul ishlab topishi mumkin, ammo u pulga ko'p ham qiziqmaydi.
Biz uchun uch narsa muhim: Birinchisi: Bakka oilasining baxti. Ikkinchisi: Yaxshi loyihaga ega jamoa topish. Uchinchisi: shartnoma. Uning "Sevilya"dagi maoshi juda yaxshi, ammo ingliz klublari qancha to'lay olishini bilamiz. Amerika Kubogiga ketishdan oldin bizning talablarimizga "Liverpul" to'g'ri kelishini aniqladik" - deydi agent.