Bahriddin Vahobov: “Birinchi davradan ko'nglim to'lmadi”

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2016, 22:25
Oliy liga o'n beshinchi turidan joy olgan “So'g'diyona” - “Qizilqum” jamoalari bahsidan (1:1) so'ng, navoiyliklar sardori Bahriddin Vahobov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
- Jizzaxga faqat g'alaba uchun kelgandik, - dedi Bahriddin Vahobov. - Afsuski, o'yinda o'z darvozamizdan tezkor gol o'tkazganimiz rejalarimizni o'zgartirdi. Vaziyatni o'nglab, o'rtadagi farqni yo'qotgunga qadar katta kuch sarflashimizga to'g'ri keldi. Qolaversa, g'avo haroratining yuqoriligi ham har ikki jamoa a'zolari uchun etarlicha muammolar tug'dirdi. Ochiq futbol namoyish etishga harakat qildik. Afsuski, yakunda bitta ochkoni qo'lga kiritdik.

Umuman olganda, jamoamizning birinchi davrada namoyish etgan o'yinlari chakki bo'lmadi. Ammo o'z xatti-harakatlarimdan qoniqmadim. Bu yilgi mavsumda ko'proq gol kiritishni o'z oldimga maqsad qilgandim. Biroq birinchi davrada bu borada omadim chopmadi. Qisqacha aytganda, birinchi davradan ko'nglim to'lmadi.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia