Azmun faoliyatini Angliya yoki Ispaniyada davom ettirish mumkin

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 01:12
“Rostov” va Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmunning agentining aytishicha, futbochli faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hozircha aniq emas.

“Azmunning kelajagi  bilan bog'liq vaziyat hali aniq emas. Ko'pchilik u faoliyatini qayerda davom ettirishiga qiziqmoqda. Hozir bu haqda hech narsa demoqchi emasman. O'ylaymanki, bir necha kun ichida barcha masala hal bo'ladi va keyin bu holatga sharh berish mumkin”, deydi agent.

Ilgariroq futbolchining agenti mijoziga Angliya va Ispaniya klublaridan takliflar bo'layotganligi haqida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Р-Спорт