Azmun faoliyatini top-5 liganing boshqa klubida davom ettirishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2023, 08:15
Sardor Azmun “Bayer”da muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti va shu tufayli jamoani tark etmoqchi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, “Marsel” eronlik forvardni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan va francuz klubi Azmunni hujumni kuchaytirish uchun 2-3 variantdan biri deb hisoblamoqda.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum leverkuzenliklar tarkibida 13 bahsda qatnashib, bitta assist qayd etdi. U eski jarohatlari tufayli o'zini ko'rsata olmayotgani aytilmoqda. Bungacha Eron TJ a'zosi “Rubin”, “Rostov” hamda “Zenit”da yorqin davrlarni o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano