Azar Zidanga "Chelsi"dan ketmasligini aytdi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 16:36
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar o'z klubini tark etib, "Real"ga o'tmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalik madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan suhbatlashib, unga o'z qarori haqida aytgan.

Shu yilning aprel oyida "Real" vakillari Eden Azar bilan bog'langani e'lon qilingan edi. Yarim himoyachining o'zi, agar "Qirollik klubi"dan taklif bo'lsa, uni ko'rib chiqishini aytgandi.

Eden Azar va "Chelsi" o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt saytida futbolchining narxi 75 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Gol