Ayollar futboli. “Neftchi” o'rtoqlik bahsida “Qo'qon-1912″ga mag'lub bo'ldi (FOTO+VIDEO)

Narzulla Saydullayev
10 fev 2018, 18:27
Bahodir Qosimov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” ayollar jamoasi yangi mavsumga tayyorlanmoqda.

Jamoa murabbiylar shtabi chempionat oldidan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishmoqda. Yaxshi bilasiz, “Neftchi” ayollar jamoasi Oliy liga bahslarida muntazam ishtirok etib kelishadi. Joriy mavsum avvalida tarkibda jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bosh murabbiy  Bahodir Qosimov jamoa tarkibini tubdan isloh qilmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi

10 fevral kuni “Neftchi” PFKga qarashli futbol akademiyasi maydonida “Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini bo'lib o'tdi. Bahsda qo'qonlik qizlar mezbonlar darvozasiga javobsiz besh marta yo'l topishdi. Quyida “Neftchi” matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan foto hamda videosharhni tomosha qiling.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz