Bahodir Qosimov: “Jamoamiz juda yosh”

Narzulla Saydullayev
16 may 2018, 20:07
“Neftchi” hamda “Qizilqum” (1:0) ayollar jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Bahodir Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Mavsumdagi birinchi g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoaning jismoniy holati turdan turga yaxshilanib bormoqda. Faqat futbolchilarning texnikasi borasida biroz oqsayapmiz. Lekin vaqt o'tgan sari shu tarafdan ham o'sishga erishamiz deb o'ylayman. Buning uchun mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilish kerak.

- Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng nihoyat g'alabaga erishildi. O'tgan turlarda muvaffaqiyat uchun nima yetishmayotgandi?

- Ochig'i, “Neftchi” bugungi kunda O'zbekistonning eng yosh ayollar jamoasi hisoblanadi. Jamoa ichida birinchi marta professional klub safida to'p surayotganlar ham bor. Biroq shunga qaramay, qizlarimiz o'z ustilarida ishlab oldinga intilyaptilar. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonamiz.

Hojiakbar Jabborov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz