Audi Cup-2019. "Real"ning qaydnomasi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
29 iyul 2019, 22:20
30-31 iyul kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida ananaviy Audi Cup mavsumoldi o'rtoqlik turniri bo'lib o'tadi.

Unda to'rtta jamoa qatnashadi. Bu yilgi bahslarda mezbon Bavariya bilan birgalikda Real, Tottenxem hamda Fenerbahche ishtirok etadi.

Qirollik klubining mazkur kichik turnir uchun qaydnomasi e'lon qilindi. 

Darvozabonlar – Navas, Lunin, Altube.

Himoyachilar – Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Xavi Ernandes, De la Fuente, Guterres.

Yarim himoyachilar – Kroos, Modrich, Valverde, Isko, Soean.

Hujumchilar – Mariano, Benzema, Vaskes, Vinisius, Azar, Rodrigo, Kubo.

Eslatib o'tamiz, Zayniddin Zidan shogirdlari ilk uchrashuvni ertaga shporlarga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMCF