"Atletiko" va "Tottenxem" sobiq himoyachisi Alderveyreld "Antverpen"ga o'tdi

Alisher
17 iyul 2022, 14:24
"Antverpen" himoyachi Tobi Alderveyreldning transferini e'lon qildi.

33 yoshli Belgiya terma jamoasi o'yinchisini transfer qilish uchun qancha mablag' sarflangani noma'lum.

"Antverpen" Alderveyreld bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Uning so'nggi klubi Qatar "Al Duhayl" jamoasi bo'ldi, futbolchining arab jamoasi bilan kelishuvi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi.

Futbolchi "Tottenxem", "Sautgempton", "Atletiko" va "Ayaks"dagi ishtiroki orqali tanilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: royalantwerpfc.be