Alderveyreld: "Birinchi o'yin doim asabiy o'tadi"

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021
Belgiya termasi yarim himoyachisi Tobi Alderveyreld Rossiyaga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

Unda belgiyaliklar raqiblarini yirik 3:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuvda Tobi to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

"Dastlabki o'yin doimo asabiy o'tadi. Shu boisdan qilingan barcha ishlar ham ideal darajada bo'lgani yo'q. Biroq bugun o'yinni to'liqligicha nazorat qila oldik. Pressingda bo'lgan taqdirimizda ham to'g'ri harakat qildik.

Rossiya termasiga uchta gol urilgandan keyin natijadan mamnun bo'lish kerak", - dedi fullbek.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com