"Atletiko" va "Milan" "Real" yarim himoyachisi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2023, 12:40
"Qirollik klubi"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan "Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos boshqa ispan grandiga o'tishi mumkin.

Futbolchiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda.

"Marca" nashrining xabar berishicha, "matraschilar" yarim himoyachini joriy mavsum oxirida, uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi tugaydigan paytda qo'lga kiritishni kutmoqda.

Qayd etish kerakki, "Atletiko" Sebalos uchun yagona da'vogar emas. Futbolchining xizmatlariga "Milan" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildiryapti.

Joriy mavsumda Dani Ispaniya chempionatida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca