"Atletiko" Superkubok finalida mag'lub bo'lganidan keyin uchinchi o'yinda ham g'alabaga erisha olmadi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 18:18
Ispaniya chempionatining 21-turida "Atletiko" o'z maydonida turnir jadvali 19-pog'onasida ketayotgan "Leganes"ni mag'lub eta olmadi.

Atletiko – Leganes 0:0

"Vanda Metropolitano"

Atletiko – Oblak, Vrsalko (Shaponich, 88), Felipe, Lodi, Savich, Saul, Lorente (Vitolo, 46), Korrea (Errera, 62), Tomas, Joau Feliks, Morata.

Leganes – Kuelyar, Rosales, Bustinsa, Omeruo, Rodriges (Karrilo, 78), Mesa, Resio, Avazem, Eraso (Ruibal, 61), Silva, Breytueyt (Oskar Rodriges, 90).

Ogohlantirish: Avazem (11), Eraso (54), Kuelyar (76), Mesa (89), Resio (90), Savich (90).

Chetlatish: Kuelyar (90).

Fakt shundan iboratki, "Atletiko" Ispaniya Superkubogi finalida "Real"dan mag'lub bo'lganidan keyin uch o'yin o'tkazdi. Avvaliga LaLiga doirasida "Eybar"ga (0:2) mag'lub bo'lganidan keyin madridliklar Ispaniya Kubogida "Kultural Leonesa"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Turnir jadvalida 4-o'rinda borayotgan "Atletiko" o'zidan bir pog'ona yuqorida turgan "Sevilya" bilan farqni 2 ochkoga ko'paytirib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia