“Atletiko Madrid” himoyachisi “Real”ga o'tishi mumkin

6 sen 2018, 08:35
Lyuka Ernandes “Real” qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

“Atletiko Madrid”ning fransiyalik himoyachisi Lyuka Ernandes “Qirollik klubi” safiga o'tishi mumkin. Qayd etilishicha, futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 72 million evroni tashkil etadi. “Real” esa bundan foydalanib qolmoqchi. “Matraschilar” esa JCH-2018 chempioni bilan shartnomani uzaytirib, tovon pulini ko'tarishni xohlamoqda.

Avvalroq, Ernandesga “Manchester Yunayted” ham da'vogar ekanligi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun Lyukaning ukasi Teo “Real” futbolchisi sanaladi, biroq u hozirda “Real Sosedad” jamaosiga ijaraga berib yuborilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: France Football