"Atletik" sobiq ustozi Avstraliya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2018, 11:35
"Lill" sobiq bosh murabbiyi Marselo Belsa Avstraliya terma jamoasi ustoziga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozir tomonlar muzokaralar o'tkazishmoqda va agar ular muvaffaqiyatli yakunlansa, mutaxassis 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida jamoani boshqaradi.

Oldinroq, Avstraliya terma jamoasini Angelos Postekoglu tark etgan edi. Belsa o'tgan yilning dekabr oyida "Lill" bilan shartnomasini bekor qildi.

Avstraliya JCH-2018 guruh bosqichida Fransiya, Daniya va Peruga qarshi o'ynaydi.

Marselo Belsa faoliyati davomida "Espanol", "Atletik", Chili va Argentina terma jamoasini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe