"Atalanta" Shomurodovning raqobatchisini sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
19 iyul 2022, 00:04
"Atalanta" "Roma" futbolchisi Stefan El-Shaaraviga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, Bergamo klubi yangi mavsum startiga qadar hujumchini tarkibiga qo'shib olmoqchi. Rim klubi esa barchasini futbolchining o'ziga qo'yib bergan.

29 yoshli El-Shaaravi o'tgan mavsumda "Roma" tarkibida barcha turnirlarad 36 o'yinda qatnashib, 7 gol va 1 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi yana bir mavsum amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira