"Atalanta" "Inter" forvardi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
24 iyun 2022, 18:47
"Atalanta" "Inter" hujumchisi Andrea Pinamonti bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Jurnalist Paskal Garroning xabariga ko'ra, Bergamo klubi endilikda "Inter" bilan tovon puli borasida kelishishi kerak.

Pinamontining o'tishi "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinini rahbariyatning jiddiy maqsadlariga ishontirishi mumkin.

Pinamonti uchun shuningdek "Fiorentina" va "Monca" da'vogarlik qilmoqda. Hujumchi o'tgan mavsum "Empoli" safida ijara asosida A Seriyada 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru