

Ispaniyalik posbon jamoa bilan birga Birmingemga bormaydi. Darvozani katta ehtimol bilan Serxio Romero egallaydi.
Eslatib o'tamiz, De Xea hamon Real qiziqishlari doirasida turibdi. Posbon APL ilk turida ham maydonga tushmagan edi.
Aston Villa va MYU o'rtasidagi o'yin 14 avgust kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.



