Ashraf Hakimi uchun mavsum yakunlandi

Eldor Akmurzayev
2 apr 2019, 00:30
“Borussiya D” himoyachisi Ashraf Hakimi jarohat olib, mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 20 yoshli futbolchi oyoq suyaklari singan va u jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun Madridga yuboriladi. Marokashlik himoyachi o'tgan yozda “Real”dan ikki yillik ijara asosida “arilar” safiga kelib qo'shilgandi.

Ashraf Hakimi joriy mavsum Bundesliganing 21 bahsida qatnashib, 2 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va 4ta asistni o'z hisobiga yozib qo'ygandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bvb.de