Asensioning "Real"da qolishi bir qator klublarni umidsizlikka tushiradi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2022, 19:08
"Real" yarim himoyachi Marko Asensioning jamoada qolishi haqidagi xabar unga da'vogarlik qilayotgan klublar rejalarini buzib yuboradi.

Agar ispan nashri Marca'ning Asensioning "Real"da qolish qarori borasidagi taxmini amalga oshsa, "Arsenal", "Nyukasl" va "Liverpul" umidsizlikka tushishi mumkin. 

Nashrga ko'ra, ispaniyalik futbolchi yozda Madrid klubini tark etishni xohlagan bo'lsa-da, ayni paytda u jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. 

26 yoshli yarim himoyachi maydonda hali-hamon o'zi istaganicha vaqt o'tkaza olmayotgan bo'lishiga qaramay, maydonga tushirilgan paytda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va natijaga ta’sir ko'rsatmoqda. 

Hujumkor yarim himoyachi ushbu mavsum "qirollik klubi" libosida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca