Asad Do'rmonov: "Qur'aga etirozim yo'q"

Narzulla Saydullayev
20 fev 2015
PFL majlislar zalida O'zbekiston Kubogi o'yinlari va birinchi liga chempionati uchun qur'a tashlash marosimi yakuniga etgach, "Yozyovon-lochinlari" bosh murabbiyi Asad Do'rmonovning fikrlarini tingladik.
- Bu yil birinchi ligada debyut mavsumni o'tkazamiz. Albatta oson bo'lmaydi. Qur'aga keladigan bo'lsak, birinchi turda derbida o'ynaymiz. Quvasoyning Cementchi jamoasiga qarshi o'yin qiziqarli bo'lishi aniq. Umuman olganda chempionatda hamma klub bilan baribir o'ynashga to'g'ri keladi. Shuning uchun raqib tanlash kerak emas. Har bir bahsga munosib tayyorgarlik ko'rishga xarakat qilamiz. To'g'ri birinchi ligada u qadar katta tajribaga ega emasmiz. Lekin buni o'yindan-o'yinga oshirib boriladi, - deydi Do'rmonov championat.asia saytiga.

- Qur'adan qoniqdim. Bu borada ortiqcha etiroz bo'lishi mumkin emas.

- Kubok haqida nima desa bo'ladi. Bitta o'yindan iborat bo'lgan o'tish bahsida safarda o'ynaydigan bo'ldik. E'tibor bering chempionatni ham safarda boshlaymiz. Har bir jamoa o'z maydonida o'ynashni istaganidek, biz ham uyda boshlasak, yaxshi bo'lardi.

- Jamoaning tayyorgarligidan ko'nglim to'lmoqda. Tarkibda asosan yoshlar ekanligini aytish lozim.

- Ha, Rustam Do'rmonov (ukasi-muallif) ham bu yil jamoamiz murabbiylar shtabida bo'ladi. Hozir uni rasmiylashtirish ishlari ketmoqda", -  deydi Asad Do'rmonov.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia